Britaniyada juda ko'p yomg'ir yog'adi. Natijada ingliz tilida "yomg'ir yog'ayapti" deb 107 xil usulda aytishingiz mumkin. Til rijovlanishiga ko'p yillar kerak, xo'sh tilimiz qayoqqa qarab ketyapti? So'zlarimizni og'irligi bor - ularni kimdirni tasvirlashda ishlatsak ularni maqtayotgan yoki kamsitayotgandek tuyuladi, yetmaganiga bu so'zlar ruscha. Masalan, kimdir navbatni buzib o'tib, ishini tezda hal qilsa uni - shustri (epchil - ijobiy) deymiz. Yoki kimdir kamroq pul sarflasa uni jmot (qurumsoq - salbiy) deymiz. Tejamkor degan so'zimiz bo'lsada, uni hech qachon eshitmaysiz - eslab ko'ring qachon kim uchun ishlatdingiz. Bolalikdan bizni tasvirlashda ishlatalidigan so'zlar bizni hayot davomida kim bo'lishimizni belgilaydi. Oddiy shunaqa so'zlarimiz tufayli ko'p katta xarajatlari bilan maqtanadigan maqtanchoqlar, mansabidan foydalanayotgan o'g'ri-shustrilar chiqadi. Moliyaviy savodxonlik, odamiylik dam oladi.